Hokimning sobiq yordamchisi va MChJ rahbarlarining kirdikorlari aniqlandi
G‘uzor va Piskent tumanlarida kredit mablag‘lari evaziga harid qilingan chorva mollarini o‘zlashtirgan MChJ rahbarlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «I.T.» MChJ rahbari S.X. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1,4 mlrd so‘m kredit mablag‘i evaziga qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan olib kelingan 540 bosh naslli mayda shohli chorva mollarini biznes rejasiga asosan ko‘paytirish choralarini ko‘rmasdan ushbu mollarni naqd pulga sotib yuborib, juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.U. va «M.» MFY bo‘yicha tuman hokimi sobiq yordamchisi A.A. «A.B.» MChJga ajratilgan 225 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan chorva mollarini naqd pulga sotib yuborishib, ushbu mablag‘larni talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter