Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Humo Arena’da jinoiy guruh a’zolari bilan to‘qnashuv yuz bergani rad etildi

Humo Arena’da jinoiy guruh a’zolari bilan to‘qnashuv yuz bergani rad etildi

25 noyabr kuni Toshkentdagi «Humo arena» saroyida «Jah Khalib»ning konsert dasturi oldidan tartibsizlik yuzaga kelgani xabar qilingandi.

Milliy gvardiya mazkur holat bo‘yicha ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ayrim kimsalar tomonidan «Minglab odamlar konsertga soxta chiptalar yordamida kirishga uringan payt, jinoiy guruh a’zolari hamda xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lgan» degan ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Milliy gvardiya fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonib qolmasliklarini so‘ragan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, yolg‘on ma’lumotlar tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring