Ichki ishlar idoralari binolaridan o‘tgan yili necha kishining murdasi chiqqan?

Xabar berilganidek, bugun Qashqadaryo viloyati IIB binosida Chiroqchidagi voqea yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosovga ko‘ra, «IIB binosida odam o‘limi yangilik emas» ekan. «Bu holat ilgari ham bo‘lgan. Shu va shunga o‘xshash holatlar ortidan 2019-yilda 133 nafar xodimga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan», deya uning gaplarini keltirmoqda «Darakchi.uz».
Biroq mutasaddi o‘tgan yili IIB binolaridan necha kishining jasadi chiqqanini ochiqlamagan ko‘rinadi. Shuningdek, «ichkari»da omonatini topshirganlar o‘z ajali bilan o‘lganmi yoki qiynoqlar natijasidami — shu savol ham ochiq. Bundan tashqari «...jinoiy javobgarlikka tortilgan 133 nafar xodim» qanday ayblovlar bilan necha yilga «kesilgani» xususida ham hech gap yo‘q.
Bunday og‘riqli savollarga balki prokuratura javob berar?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter