Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

Ichki ishlar mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: DXX

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ichki ishlar organlari tizimida qonunbuzilish holati aniqlandi.

Xususan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining bo‘linma boshlig‘i, podpolkovnik harbiy unvonida bo‘lgan U.S. Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilib, muqaddam ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming AQSh dollari olgan.

Ammo u bergan va’dasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu mablag‘ning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring