Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIVga yana bir vakolat berilmoqda

IIVga yana bir vakolat berilmoqda

Foto: Xabar.uz

Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.

Majlisda senatorlar yo‘llarimizda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari jamiyatimizni xavotirga solayotganini qayd etib, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularning oldini olishda tegishli mas’ul xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirilishi lozimligini ta’kidlashdi.

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ham mavjud bo‘lgan kamchiliklar avtomobil yo‘llarida turli qoidabuzarliklar va o‘lim bilan tugayotgan yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.

Qonunga ko‘ra, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha faoliyatni, shuningdek avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish yuzasidan xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatli organ maqomi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, qonun bilan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash sohasida faoliyatni litsenziyalash uchun to‘lanadigan davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida belgilanmoqda.

Xabarga ko‘ra, «Davlat boji to‘g‘risida»gi hamda «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunlarga ham tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring