Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Internetda videolaringni tarqatib yuboraman» — pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi

«Internetda videolaringni tarqatib yuboraman» — pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Nukus shahrida yashovchi 32 yoshli A.D. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning uyatli videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga pul talab qilayotganini bildirgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumanida yashovchi 25 yoshli (ayol) N.K. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.K., jabrlanuvchi A.D. bilan ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan va uning ishonchiga kirish orqali uning turli behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 50.000.000 so‘m pul talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.K.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring