Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internetdan qimmatbaho taqinchoq olmoqchi edi...

Internetdan qimmatbaho taqinchoq olmoqchi edi...

Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi, fuqaro M.G. internet orqali taqinchoq sotib olaman deb firibgarga uchradi.

U olx .uz platformasida «Kreditga tilla va brilliantlar» nomli e’lon bergan shaxs bilan telegram messenjeri orqali bog‘lanib, 20 gramm tilla taqinchoq uchun oldindan 2.200.000 so‘m pullarni noma’lum shaxsning bank kartasiga o‘tkazib berganligi, shundan so‘ng ushbu foydalanuvchi messenjerdagi yozishmalarni o‘chirib, va’da qilingan tilla taqinchoqlarni taqdim etmaganligini bildirgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan shaxs muqaddam ham shu turdagi jinoyatni sodir etib, O‘z.R. JKning 168-moddasi bilan sudlangan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 1998 y.t., Sh.D. ekanligi aniqlangan.

Sh.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring