Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Irina Matviyenkoga yuborilgan tahdidli xabar o‘rganilmoqda» — IIV

«Irina Matviyenkoga yuborilgan tahdidli xabar o‘rganilmoqda» — IIV

O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida unga o‘lim bilan tahdid qilingani, shu sababli bir muddat mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.

Ushbu holat bo‘yicha IIV munosabat bildirdi.

«Jamoat faoli Irina Matviyenkoning shaxsiy akkauntiga yuborilgan tahdidli xabar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘rganilmoqda.

O‘rganish natijalari bo‘yicha holatga huquqiy baho beriladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring