Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroqda o‘zbekistonlik ayollar uzoq muddatlarga qamalgan — Bosh prokuratura

Iroqda o‘zbekistonlik ayollar uzoq muddatlarga qamalgan — Bosh prokuratura

Iroqdagi «Rosafa» qamoqxonasida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayollar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ularni yurtiga qaytarishda yordam so‘rab videomurojaat yo‘llashgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, «Rosafa» qamoqxonasida saqlanayotgan o‘zbekistonlik mahkumalar IShID terroristik tashkiloti a’zolari hisoblanib, Suriya Arab Respublikasi va Iroq davlati hududida mazkur terroristik tashkilot safida faoliyat yuritib kelishgan.

Ular 2017 yilda Iroq hukumati tomonidan qo‘lga olinib, 4 nafari umrbod, qolganlari 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. Ushbu qamoqxonadagi sharoitlar qoniqarli bo‘lmaganligi sababli 2019 yil Iroq hukumati bilan kelishuvga asosan mahkuma ayollarning 64 nafar farzandi O‘zbekistonga olib kelinib, yashash manzilidagi qarindoshlari qaramog‘iga hamda mehribonlik uylariga topshirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ayollarning jazo muddatlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, xalqaro huquq normalariga asosan ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘riladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring