Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin

Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin

«Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjatga loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 2291-moddasiga tegishli qo‘shimcha qismlar kiritilmoqda.

Xususan, endilikda sug‘oriladigan yer uchastkalarini unda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish – bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz ellik baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilgan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring