Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda 21 yoshli yigit halok bo‘ldi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda 21 yoshli yigit halok bo‘ldi

Bugun, 25 may kuni Jizzax viloyatida «Lasetti» rusumli mashina avtobus bilan to‘qnashdi va yo‘lovchilardan biri vafot etdi.

Jizzax viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, hodisa bugun, 25 may kuni soat 09:15 larda «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

2003 yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyatida yashovchi S.A «Lasetti» rusumli avtomashinasini Samarqand-Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, qayrilib olish qismida 4.1.1 yo‘l belgisiga amal qilmasdan orqaga qayrilgan. Shu vaqtda u Toshkent-Samarqand yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan, 1971 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi X. R boshqaruvida bo‘lgan YBL613OH rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘liga chiqib ketib YTH sodir qilgan.

Oqibatda Lasetti rusumli avtomashina salonida bo‘lgan 2003 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 2004 yilda tug‘ilgan yana bir yo‘lovchi va avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Avtobus haydovchisi va salonida bo‘lgan yo‘lovchilarga tan jarohati yetmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring