Jizzaxdagi MChJ mansabdorlari ushlandi — Bosh prokuratura
Jizzax shahridagi «L.Sh.L.» MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli qog‘ozni qayta ishlash sexida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanib, tijorat maqsadida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, 1,1 mln metr kub — 857,2 mln. so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan «L.Sh.L.» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etayotgani ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter