Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist Anora Sodiq sudda bloger ustidan g‘alaba qozondi

Jurnalist Anora Sodiq sudda bloger ustidan g‘alaba qozondi

Joriy yilning 28-may kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi jurnalist Anora Sodiqovaning ijtimoiy tarmoqlarda «Mufasa» taxallusi bilan tanilgan Mirsaid Haydarovga nisbatan da’vo arizasini rad qilgan va da’vogar Anora Sodiqova hisobidan davlat foydasiga 750 ming so‘m davlat boji undirish haqida qaror qabul qilgan edi.

Gap shundaki, mazkur sud ishi «Mufasa»ning Facebookʼdagi 7 ta posti jurnalist Anora Sodiqovaga nisbatan sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini to‘kish (Fuqarolik kodeksining 100-moddasi (Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish)ga qaratilgani yuzasidan bo‘lib o‘tgan.

Yakunda esa sudya Dilnoza Shomatova raisligidagi sud jurnalistni o‘z sahifasida «jurnoja*ab» deya haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov ustidan kiritilgan shikoyatni qanoatlantirmagandi.

Anora Sodiqova, o‘z navbatida, mazkur sud qarori yuzasidan apellyasiya shikoyati bergan.

«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovning yozishicha, bugun, 21-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Anora Sodiqovaning appelyasiya shikoyati ko‘rib chiqilgan va Shayxontohur tumani sudi chiqargan qarorni bekor qilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, bloger «Mufasa» 25 million so‘m ma’naviy zarar va 5 million so‘m boshqa zararlarni qoplaydi hamda Anora Sodiqovadan uzr so‘rab, postlarini o‘chiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring