Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi

2021-yil 4-aprel kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan «Yuqori nuqta» YPX maskanida viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi va Davlat veterinariya xizmati xodimlari hamkorligida «Qashqadaryo-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan «Neksiya» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, yukxonasi hamda salon qismida veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan 240 kg og‘irlikdagi go‘sht mahsuloti to‘xtatib qolindi.
Ushbu go‘sht mahsulotlarining iste’molga yaroqli ekanligini tekshirish maqsadida undan namunalar olinib, veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasiga yuborildi, deb yozadi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter