Ko‘mir omborlari mas’ul shaxslari qo‘lga tushdi
Aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon va Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda «Ko‘mir ta’minot» MChJning Shahrixon, Asaka va Yakkabog‘ tumani ko‘mir ombori mas’ul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan jami 2 704 tonna ko‘mirni imtiyozli narxda sotilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, amalda ushbu ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq ham ko‘mir bilan bog‘liq qator jinoyatlar fosh bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter