«Kompromatuzb» ishida yetkazilgan moddiy zarar miqdori ma’lum qilindi
«Kompromatuzb» ishi sud muhokamasiga yuborilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Rasman tasdiqlanishicha, «Kompromatuzb» Telegram-kanali bilan bog‘liq jinoyat ishi (4 nafar ayblanuvchi) sudga kelib tushgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda ushbu jinoyat ishi «E-XSUD» elektron axborot tizimi orqali sudyalar o‘rtasida taqsimlanish jarayonida.
Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 19 nafar jabrlanuvchi va 10 nafar fuqaroviy da’vogar mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 138 000 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter