Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehnat qonunchiligiga amal qilmay ishchi ishlatish oqibati pichoqbozlikka olib keldi

Mehnat qonunchiligiga amal qilmay ishchi ishlatish oqibati pichoqbozlikka olib keldi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko‘ra, joriy yilning 2 yanvar kuni taxminan soat 18:30da 63 yoshli Q.Z. va Shahrisabz shahar Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan kafelarning birida ish boshqaruvchi fuqaro 45 yoshli O.J. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqdi.

Janjalga shu kafeda ishlovchi Q.Z.ning o‘g‘li I.Z.ning ishga chiqmasligi masalasi sabab bo‘lgan. O.J. tortishuv davomida Q.Z.ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan. Shundan so‘ng Q.Z oshxona pichog‘i bilan O.J.ning qorin sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Natijada O.J. og‘ir tan jaroxatlari bilan Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, bir dona oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Q.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring