Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metroda yosh qizga behayo harakat qilgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Metroda yosh qizga behayo harakat qilgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Foto: IIV matbuot xizmati

Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak qo‘lga olingani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ham ma’lum qilingandi.

2021 yil 2 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchi K. Sh. (1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan)ga nisbatan  jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. 

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, K. Sh. 2021 yil 18 sentyabr kuni Toshkent metropoliteni poyezdining vagonida voyaga yetmagan qiz bolaga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilgan bo‘lib, Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadiga ushlangan holda 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 10 oy 21 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring