Andijonda MIB xodimi kaltaklandi

Arxiv foto
Andijonda xonadonni elektr tarmog‘idan uzayotgan MIB xodimi kaltaklandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari xabar berdi.
Fuqaro O.S. elektr energiyasidan qarzdorligi sababli yashash xonadonini tarmoqdan uzayotgan MIB Andijon shahar bo‘limi davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, 1 nafarini yog‘och bo‘lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan kecha, 5-noyabr kuni Andijon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter