Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIBda direktor o‘zgardi

MIBda direktor o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Muzaffar Eminovich Egamberdiyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.

M.Egamberdiyev tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2020 noyabr oyidan byuro direktori lavozimida Hasan Kabirjanov ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Majburiy ijro byurosi direktori maqomi Bosh prokuror o‘rinbosarligiga tenglashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring