Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy tiklanish» sudga emas, prokuraturaga berildi

«Milliy tiklanish» sudga emas, prokuraturaga berildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi bosh nashri — «Milliy tiklanish» gazetasi sudga berilishi ehtimoli xabarini bergandik. Bunga gazetaning 2019-yil 1-noyabrdagi 39-40 (1038)-sonida Xalq demokratik patiyasi (XDP) Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, senator Maqsuda Vorisovning surati  karikatura shaklida  chop etilganligi sabab bo‘lishi mukinligida edi.

XDP markaziy kengashi bayonotiga ko‘ra, kutilgan voqelik sodir bo‘ldi. Faqat gazeta ustidan sudga emas, prokuraturaga murojaat qilingan:

«O‘zXDP Markaziy Kengashi Maqsuda Vorisovaning sha’ni va qadr-qimmatini qonunchilikka muvofiq himoya qilishni so‘rab, tegishli tartibda Yunusobod tuman prokuraturasiga murojaat yo‘lladi.

Ma’lumki, «Milliy tiklanish» partiyasi markaziy apparati rahbar xodimlari ushbu partiya milliy qadriyat va an’analarni yuksak darajada qadrlashi va himoya qilishi haqida ko‘p gapiradi. Partiyaning dasturiy hujjatlarida bu yo‘nalishda qator g‘oya va takliflar, shiorlar ilgari surib kelinadi.

Shunga qaramay, «Milliy tiklanish» partiyasi o‘z g‘oyalariga qarshi ravishda, xalqimiz yuksak darajada qadrlaydigan ayol, ona sha’nini pisand qilmayotgani bizda taassuf uyg‘otadi», deyiladi bayonotda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring