Namanganlik notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2020-yil 22-iyundagi buyrug‘i bilan Uchqo‘rg‘on tumanidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ibroximov Alisher Ma’murjon o‘g‘lining (litsenziya NA № 0012, 20.04.2020 y) litsenziyasi xizmat tekshiruvi o‘tkazish davrida 10 kun muddatga to‘xtatildi.
Mazkur qaror «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshirilgan.
Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter