Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Neksiya-3»ni avtosalondan chiqarishga 800 dollar «shapka» so‘rashdi

«Neksiya-3»ni avtosalondan chiqarishga 800 dollar «shapka» so‘rashdi

Foto: «autonavigator.ru»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Marhamat tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. fuqaro Z.ga «Neksiya-3» avtomashinasini 15 kun muddatda tanishi B. orqali avtosalondan chiqarib berishi evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, fuqaro B.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A. va B.ga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring