Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud qatag‘on qurbonlarining yana bir guruhini oqladi

Oliy sud qatag‘on qurbonlarining yana bir guruhini oqladi

24 avgust kuni Oliy sudda sovet davridagi «Uchlik Kengashi»ning maxsus yig‘ilish qarorlariga ko‘ra, 1929-1931 yillarda hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida «bosmachilik harakati»da, qurolli to‘da tuzib, sovet hukumatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblangan O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSR fuqarolari bo‘lgan 240 nafar shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 240 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.

Oqlanganlar ro‘yxati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring