Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqda avtokorxonaga ishga kirish uchun 3 000 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi

Olmaliqda avtokorxonaga ishga kirish uchun 3 000 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. ikki nafar fuqaroni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli avtokorxonaga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 3 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring