Ombudsmanga o‘rinbosar saylandi
Senat yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga o‘rinbosar saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasiga muvofiq Senatning qirq beshinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Yalpi majlisda senatorlar bergan ovozlarga muvofiq Bekzod Abduvaliyevich Narimanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
Bu borada Senat qarori qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter