Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yana bir qora ro‘yxatdan chiqarildi

O‘zbekiston yana bir qora ro‘yxatdan chiqarildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati bo‘yicha AQSh Savdo vakilligining (USTR) 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan (qora ro‘yxat) chiqarildi.

O‘zbekiston 2000 yilda ushbu ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, 24 yildan buyon «kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»da qolmoqda edi.

Muayyan davlatning «kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida e’tibor qaratiladi.

Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat O‘zbekiston va Turkmaniston «kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»da qolib kelayotgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring