Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zdonmahsulot» kompaniyasi raisi va kuyovi pora olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

«O‘zdonmahsulot» kompaniyasi raisi va kuyovi pora olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston 24» telekanali tomonidan efirga uzatilgan lavhada  «O‘zdonmahsulot» kompaniyasiga rahbarlik qilgan Surat Haydarovning jinoiy qilmishlari haqida ma’lumot berildi.

Ayni paytga kelib sobiq raisga aylangan S.Haydarov xizmat vazifalarini ko‘p marta suiiste’mol qilgan holda qarindosh-urug‘larini «O‘zdonmahsulot» tizimidagi korxonalarga ishga joylashtirgani, buning oqibatida pora olishning o‘ziga xos mexanizmini yo‘lga qo‘ygani, xususan, joylardagi don mahsulotlari korxonalari faoliyatida aniqlangan kamchiliklarga ko‘z yumish uchun salmoqli pullar pora sifatida olingani, bu jinoyatlarda uning kuyovi Jamshid Sharipov unga faol yordam berib kelgani ma’lum qilindi.

Lavhada aytilishicha, ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda, davlat va xalq manfaatlariga yetkazilgan zarar aniqlashtirilmoqda. Gumonlanuvchilar esa ehtiyot chorasi sifatida hibsga olingan.

Iyul oyining boshida bir qator xorij OAVda tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, «O‘zdonmahsulot» kompaniyasi raisi Surat Haydarovning kuyovi Jamshid Sharipov Toshkent viloyatidagi un zavodlaridan birini sotish uchun pora olayotgan payti DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangani, mazkur jinoyatda bevosita «O‘zdonmahsulot» kompaniyasi raisining ham qo‘li borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Skrin: «O‘zdonmahsulot» AK sayti

Kompaniya rasmiy saytida S.Haydarov haligacha «O‘zdonmahsulot» rahbari sifatida turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq mulozim 1969-yili Samarqandda tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1994-yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Moliya vazirligining Samarqand viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘i, Respublika Hisob palatasining inspektori, yetakchi inspektori, «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan. 2017-yil 21-fevralda «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi etib tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring