Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda 45 ta tintuv harakatlari o‘tkazildi

Poytaxtda 45 ta tintuv harakatlari o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent shahrida ekstremistik radikal guruhlarga qo‘shilgan fuqarolarning xonadonlarida 45 ta tintuv tergov harakatlari o‘tkazilgan. Gumondor shaxslar qo‘lga olinmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 188 ta huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 264 nafar shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.

«Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli radikal guruhlarga a’zo bo‘lishdan saqlaning va ularning yot g‘oyalarini targ‘ib qilmang. Farzandlaringiz ijtimoiy tarmoqlarda qaysi guruhlarga a’zo bo‘layotganligini, qanday mazmundagi video va boshqa materiallarni ko‘rayotganligini doimo nazorat qilib boring.

Agar mahallangizda shu kabi yot g‘oyalar ta’siriga tushgan yoki boshqa shubhali shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki hududiy profilaktika inspektori yoxud yaqin oradagi IIB ga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring