Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori qabul qilindi

Prezident qarori qabul qilindi

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5245-son, 16.09.2021-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2021-yil 28-may kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining aholisi bandligiga ko‘maklashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring