Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura tergovchisi va qorovuli ushlandi

Prokuratura tergovchisi va qorovuli ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisi va binosida qo‘riqlash xizmatini olib boruvchi qorovul qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishlaricha,  huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Ohangaron shahar prokuraturasi binosini qo‘riqlash xizmatini olib boruvchi qorovuli shahar prokuraturasi tergovchisining ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan fuqaro E.dan jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berish evaziga 9 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.

— 2023-yil 27-fevral kuni Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, qo‘riqlash xizmati qorovuliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, – dedi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov. – Gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring