Pul ko‘paytirib beraman degan shaxs qo‘lga tushdi
Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 77 yoshli Q.S.ga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, birja orqali pullarini ko‘paytirib olishni taklif qilib, 13.365 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib g‘oyib bo‘lganligini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 31 yoshli fuqaro A.F. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
A.F. O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, A.F. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter