Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qarg‘aydigan ️GAI xodimi» jazolandi

«Qarg‘aydigan ️GAI xodimi» jazolandi

Foto: «Yhxbb.uz»

2021-yil 8-fevral kuni ijtimoiy tarmoqda «Sirdaryoda qarg‘aydigan GAI xodimi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Shu yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqida xabar bergandik.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi birinchi safarbar guruhi YPX inspektori I.Yoqubovga nisbatan «Lavozim maoshining 30% miqdorida jarima» jazosi e’lon qilindi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring