Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshidagi «mashina bozori»da juda ko‘p miqdordagi talon-torojliklar aniqlandi

Qarshidagi «mashina bozori»da juda ko‘p miqdordagi talon-torojliklar aniqlandi

Qarshi shahridagi «Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bozori» MChJning salkam to‘rt yillik faoliyati elakdan o‘tkazildi.

Natijadan «hayratga tushmay» iloj yo‘q: MChJ mansabdorlari 2015-2018 yillar va 2019 yilning 10 oyi davomida bozorda faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan undirilgan 3,5 mlrd. so‘m ijara to‘lovlarining 1,3 mlrd. so‘mini «gumdon qilib» yuborishgan!

Bosh prokuratura matbuot xizmatining mahkama huzuridagi departamentga tayanib xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakat olib borilmoqda. Tergov jarayonida asosiy e’tibor zararni qoplatishga qaratilishi turgan gap.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring