Qarzdorning hiylasi ish bermadi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi qarzdor L.K. dan «Asakabank» Farg‘ona viloyat boshqarmasi foydasiga 342 mln 259 ming so‘m undirishni belgilagan.
Shunga asosan Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari harakatga tushdi. Avvaliga qarzdorga sud belgilagan summani ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berildi. Natija bo‘lmagach, unga tegishli mol-mulklar tekshirildi va aniqlandiki, L.K.ning «CHERY TIGGO 7 PRO» rusumli 40 F *** FB davlat belgili avtomashinasi bor ekan.
Biroq davlat ijrochilari qancha urinishmasin, avtomashina topilmadi. So‘ng, transport vositasi qidiruvga berildi. Oradan vaqt o‘tdi...
Nihoyat, Byuroning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va shahar bo‘limi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, «CHERY TIGGO 7 PRO»ni topdilar.
Mashinani «yer yutmabdi»: uni L.K.ning o‘zi bemalol boshqarib yurgan ekan. Qanday qilib?
Oson: bor-yo‘g‘i «CHERY TIGGO 7 PRO»ga boshqa davlat belgi — 40 M***LB raqamini qadab olgan ekan, xolos.
Tekshiruvda 40 M***LB davlat raqami «Jiguli» rusumli avtomashinaga tegishli bo‘lib chiqdi.
Endi bo‘ladi? Qonun nimani talab qilsa, shu bo‘ladi-da. Birinchi navbatda «CHERY TIGGO 7 PRO» qarzni qoplashga yo‘naltiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter