Qibrayda ayolning jasadi topildi. Qotillikda gumondor ham ushlandi

Shu yilning 12-dekabr kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida fuqaro G.K. (ismli ayol)ning jasadi topilgandi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, u «nafas yo‘llarining qon bilan berkilishi, aspiratsiya natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya, burun suyagining yopiq siljib sinishi, bosh miya va o‘pka shishi»dan o‘lganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi N.M. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter