Hokim yordamchisi 10 ming AQSh dollari bilan ushlandi
Toshkent viloyati Qibray tumanida hokim yordamchisi katta miqdordagi pulni olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi.
Ma’lum qilinishicha, tuman hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inidagi yordamchisi MFY binosi yonida joylashgan, davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
U yer maydonini hokimlikda ishlovchi tanishlari orqali arxiv hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan xaridor nomiga o‘tkazib berish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan mablag‘ning 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter