Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibraydagi qotillik sabab ichki ishlar xodimlari faoliyatiga qonuniy baho beriladi

Qibraydagi qotillik sabab ichki ishlar xodimlari faoliyatiga qonuniy baho beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Shohrux G‘iyosov Qibraydagi qotillikning oldini olishi mumkin bo‘lgan xodimlar faoliyatiga qonuniy baho berilishini ma’lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilning 29 iyul kuni Toshkent viloyatining Qibray tumani, «Istiqbol» mahallasidagi xonadonda o‘ta shafqatsizlik bilan ikki va undan ortiq shaxslarga nisbatan sodir etilgan qotillik jinoyatining oldi olinishi mumkinligi haqida turli fikr va mulohazalar tarqalmoqda.

Ma’lum qilamizki, har qanday sodir bo‘lgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarga olib keluvchi shart-sharoitlarni o‘rganish va ularni bartaraf etish, jinoyatni fosh etish bo‘yicha amalga oshiriladigan protsessual harakatlarining ajralmas qismidir.

Mazkur o‘ta og‘ir jinoyatning oldini olishga mas’ul bo‘lgan har bir mansabdor shaxsning, shu jumladan, hududiy ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatiga qonuniy baho beriladi.

Natijasi yuzasidan jamoatchilikka to‘liq axborot yetkaziladi», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi oilaning 4 nafar a’zosi va yollanma ishchi o‘ldirilgani tafsilotlari e’lon qilingandi.

Unda qotillik oqibatida halok bo‘lgan oila a’zolari avval bir necha marotaba ichki ishlar organlariga ularga tahdid bo‘layotgani haqida ariza taqdim etgani, lekin huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hech qanday harakat bo‘lmagani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, qotil qo‘lga olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring