Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi ayol va erkak qo‘lga olindi

Qidiruvdagi ayol va erkak qo‘lga olindi

Foto: «Ural-meridian.ru»

8-mart kuni Oltiariq tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismida (talonchilik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.N. ismli ayolni qo‘lga olishdi.

Shuningdek, Qo‘qon shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.X.ni Qo‘qon shahri hududida qo‘lga olishdi.

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi, deb yozadi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring