Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiz bolaga nisbatan talonchilik qilgan shaxs ushlandi

Qiz bolaga nisbatan talonchilik qilgan shaxs ushlandi

Foto: IIBB

Shu yilning 4 mart kuni taxminan soat 14.50 da Mirzo-Ulug‘bek tumani S-1 massividagi 17-son uyning yaqinida noma’lum shaxs qiz bolaning bo‘ynidan qimmatbaho metalldan ishlangan 5 mln so‘mlik zanjirini yulib qochgani va u qidirilayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan shaxs qo‘lga olingan.

IIBB jinoyatchining turar joyini aniqlashda ko‘maklashgan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring