Qo‘lda benzin sotayotganlar ushlandi
Qashqadaryoda Ai-80 markali benzin yoqilg‘isini qo‘lda qimmat narxda sotish holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar, Koson, Kasbi, Chiroqchi va Ko‘kdala tumani bo‘limlari tomonidan FVB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 6 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida qimmat narxlarda Ai-80 markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, ulardan jami 624 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter