Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘lga olingan jinoiy to‘da haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Qo‘lga olingan jinoiy to‘da haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Foto: IIBB axborot xizmati

Internetda fuqarolar «samosud» qilindi izohi bilan tarqalayotgan video lavhalar yuzasidan qo‘shimcha izoh berildi.

Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyatga aloqador o‘ndan ortiq shaxslar ushlangan.

Jumladan, joriy yilning 22 yanvar kuni Qibray tumani hududida (Telegram-bot orqali topshiriq olib, giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug‘ullangan)larni noma’lum shaxslar urib, tan jarohati yetkazgan va ushbu holatni video tasvirga olganlar.

Mazkur holat yuzasidan IIBB va boshqa hamkorlikdagi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1997-2003 yilda tug‘ilgan o‘ndan ortiq shaxslar gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

Ularga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Dastlabki tergovda aniqlanishicha, gumonlanuvchilar ma’lum moddiy manfaat evaziga shu kabi bir nechta voqeada ishtirok etib, tan jarohati yetkazish holati aks ettirilgan video yozuvlarni ijtimoiy tarmoq orqali buyurtmachiga yetkazib berganlar.

«O‘tkazilayotgan tergov-surishtiruv davomida Qonun ustuvorligi va qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi ta’minlanadi. Ma’lumotlar to‘ldirib borilmoqda, batafsil axborot beriladi», deyiladi IIBB axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Qibrayda «jazolovchilar» guruhi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring