Qozog‘istonda hibsga olingan o‘zbek yordamga muhtojligi aytilmoqda

Taniqli shifokor va adiba Muazzam Ibrohimova «Feysbuk» tarmog‘idagi sahifasida tashvishli xabar qoldirdi.
Unga qozoq do‘stlaridan birining xabar berishicha, Olmaotaga yaqin Talg‘ar degan tumanda sirdaryolik E.N.Xolmirzayev (yoshi 40-45 oralig‘ida) uch oydan beri hibsda ushlab turilibdi. O‘zbekistondan may oyida ish izlab kelgan hamyurtimiz zo‘rlash jinoyatida gumon qilinmoqda. Gumondorning Qozog‘istonda hech kimi yo‘q. Qarindosh-urug‘lariga telefon qilishiga ruxsat berishmayapti. Advokat ham berilmagan.
«Men u odamni umuman tanimayman, — deya alohida ta’kid etadi xabarida. — Aybdor yoki aybsizligini ham bilmayman. Shu xabarni tarqatib yuboraylik, zora yigitning yaqinlariga xabar yetib borsa yoki Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasi ishni o‘rganib, yurtdoshimizga amaliy yordam berishsa...».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter