Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

Foto: Xabar.uz

«Qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur Nizom qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasportni o‘rnatish tartibini belgilaydi.

QR-kodli pasport qurilish obyekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kunda buyurtmachi tomonidan ob’yektning kirish qismiga yoki barcha uchun ko‘rinadigan joyda majburiy tartibda o‘rnatiladi.

QR-kodli pasport qurilish obyekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab, obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar amalda bo‘lishi zarur.

QR-kodli pasport namlik va tashqi ta’sirlarga chidamli materialdan tayyorlangan bo‘lishi, umumiy o‘lchamlari 2400x1200 mm ni tashkil etishi hamda yer sathidan kamida 1 m balandlikda o‘rnatilishi lozim.

Qurilish obyekti hududiy inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, «Shaffof qurilish» axborot tizimida ob’yektga oid dastlabki ma’lumotlar joylashtirilgan sahifa uchun QR-kod avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring