Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvasoy shahar IIB xodimlari ustidan tekshiruv boshlandi – Bosh prokuratura  

Quvasoy shahar IIB xodimlari ustidan tekshiruv boshlandi – Bosh prokuratura  

Foto: Xabar.uz

Quvasoy shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tekshiruvga Quvasoyning «Ziynat» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro D.Yu.ning  prokuratura «Ishonch telefoni»ga qilgan murojaati asos bo‘lgan. Ya’nikim, fuqaro o‘z murojaatida IIB xodimlari akasi Z.Y.ni o‘g‘irlikda gumon qilishib, unga nisbatan kuch ishlatishgani natijasida tan jarohati yetkazilganini bayon qiladi.

Murojaat tegishli tartibda «Jinoyatlar haqidagi ariza va xabarlarni ro‘yxatga olish kitobi»ga qayd  qilingan.

Ayni paytda Z.Y.ning tanasida tan jarohatlari bor-yo‘qligiga aniqlik kiritish uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, IIB xodimlarining xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlash haqida Farg‘ona viloyat IIBga ham taqdimnoma kiritilgan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasi haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

«Xabar.uz»dan qo‘shimcha: Quvasoy shahar IIB boshlig‘i Elyor G‘aniyev Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga jiyan bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring