Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvasoy shahri va Bag‘dod tumaniga yangi prokuror tayinlandi

Quvasoy shahri va Bag‘dod tumaniga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Madumarov Sherzod Gulamaliyevich Quvasoy shahri prokurori etib tayinlandi.

Sherzod Madumarov 1974-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

2002-2018-yillarda Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridagi prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi prokurori, katta prokurori, 2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Fozilov Akmal Murotovich Bag‘dod tumani prokurori etib tayinlandi.

Akmal Fozilov 1987-yilda Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. Namangan davlat universiteti va Bosh prokuratura Akademiyasini tamomlagan. Adliya maslahatchisi.

2008-2014-yillar davomida Farg‘ona viloyati prokuraturasi organlarida, 2014-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bo‘lim katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring