Registondagi bezori 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi oldi
Ichib olib, Registon maydonida odamlarning tinchini buzgan shaxs jazolandi.
2022-yilning 29-dekabr kuni soat 23:30 larda fuqaro M.Sh. mast holatda Samarqand shahrining Registon maydonida fuqarolarning osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.
M.Sh.ga nisbatan Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.
Sud majlisida M.Sh. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter