Rishtonda uch nafar ayolni «shantaj» qilgan erkak qo‘lga olindi
Rishtonda uch nafar ayolga nisbatan tovlamachilik qilib, pul talab qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Unga ko‘ra, fuqaro D.M. (erkak) M., S. va Z. ismli ayollar bilan o‘zaro ishqiy munosabatlari aks ettirilgan fotosuratlarini internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga ulardan 1500 AQSh dollari talab qiladi. Shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning tuman bo‘limi va IIB xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlanadi.
Holat yuzasidan fuqaro D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter