Samarqandda 3 nafar farzandining boshiga yetgan ota umrbodga qamaldi
Samarqandda 36 yoshli erkak Isroil davlatida ishlayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchiligi natijasida jahl qilib, undan o‘ch olish maqsadida 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 ta qiz va 1 ta o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgani xabar qilingandi.
Mazkur mudhish hodisa joriy yilning 16 iyun kuni 19:30 atrofida Samarqand shahri, A.Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgandi.
Farzandlarining boshiga yetgan ota oshxona pichog‘i bilan o‘ziga, tanasining bir nechta joylariga tan jarohati yetkazgan, ammo tirik qolgan. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan A.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi A.D.ga nisbatan hukm chiqardi. U JKning 97-moddasi 2-qismi «a», «v», «j» bandlari bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter