Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda advokat qo‘lga tushdi

Samarqandda advokat qo‘lga tushdi

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat IIB hamda prokuratura xodimlari  hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

4 oktyabr kuni Samarqand shahridagi «STATUS» advokatlik hay’ati advokati, 1981 yilda tug‘ilgan H.A. mahalliy fuqaroning sud tomonidan ko‘rib chiqilgan avtomashina olti-sotdisi bo‘yicha firibgarlik yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini appelyasiya tartibida qayta ko‘rib chiqilishida yordam berishni va’da qilib, buning evaziga 9 million so‘m hamda mazkur jinoyat ishini fuqaroning foydasiga hal qilish evaziga sudyaga berish uchun 3000 AQSh dollari miqdoridagi pul berishini talab qilgan.

O‘tkazilgan faol tadbir davomida H.A. mahalliy fuqarodan 4000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda, advokatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring